"Xorijda ishlab chiqarilayotgan xuddi shu turdagi mahsulotlardan also qolishmaydigan uskunalarning narxi ham arzon. Eng muhimi korxonada ishlab chiqarilayotgan telekommunikatsiya vositalari foydalanuvchilar uchun ham juda qulay. Mahsulotlar raqobatbardoshligi bilan ham o’ziga xos o’rin tutadi."
"Xabar" gazetasi 2016 yil 27-may, 22 (1236)-son
""TELECOM INNOVATIONS” qo’shma korxonasi zamon bilan hamqadam odim tashlayotgan korxonalardan biri. Bugungi kunda mazkur korxona o’z nomidan kelib chiqgan holda iste’molchilarga elektron telekommunikatsita texnologiyalarining eng so’nggi yutuqlari asosida mahsulot etkazib bermoqda."
"Xabar" gazetasi 2014 yil 31-oktabr, 44 (1154)-son
"Ta’kidlash kerakki korxonada mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning ko’pchiligi bir-ikki yil ichida viloyatdagi kasb-hunar kollejlarini bitirgan yosh mutaxassislardir. Serg’ayrat, bilimdon va faol shu yigit-qizlar esa ilg’or uskunalarni boshqarib, iqtisodiyotimiz ravnaqi, xalqimiz turmush farovonligini oshirishga munosib hissa qo’shmoqda."
"Xalq so’zi" gazetasi 2014 yil 25-iyun, 122 (6052)-son