O`zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Karmana tumani, "Navoiy" Erkin Iqtisodiy Zonasi

flag russian flag england
Ish vaqti: Du - Ju: 08:00 - 17:00
E-mail: info@tifez.uz
Telefon: (+99879) 220-00-07

O`zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Karmana tumani, "Navoiy" Erkin Iqtisodiy Zonasi

flag usa flag russian

Sifat nazorati


Sifat sohasidagi siyosat

Korxonaning raqobatbardoshligini oshirish, iste’molchilarni talab va xohishlarini to‘laqonli qondirish, shuningdek mahsulot ishlab chiqarishda mahalliylashtirish darajasini oshirish va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida qo‘shma korxonada  2013 yilda O’zDST ISO 9001:2009 davlat standartlari asosida Sifat Menejment Tizimi joriy etilgan. Bugungi kunda xalqaro standartlar asosida ISO-9001:2015 Sifat Menedjment Tizimi joriy etilmoqda.

Iste’molchilarning talab va istaklaridan kelib chiqgan holda yuqori sifatli va xavfsiz bo‘lgan telekommunikatsiya qurilmalar ishlab chiqarish, qo‘shma korxonaga bo‘lagan ishonchni qozonish va oshirib borish, doimiy rivojlanish va yangi zamonaviy qurilmalar ishlab chiqarishni kengaytirish, xodimlarga qulay shart-sharoitlar yaratib, yuqori maosh olishlarini ta’minlash MChJ "TELECOM INNOVATIONS” QKning asosiy maqsadi hisoblanadi.

"TELECOM INNOVATIONS” qo’shma korxonasining sifat nazorati siyosatining asosiy tamoyillari:
-Butlovchi qismlar, xom-ashyo va materiallar, texnologik asbob-uskunalarning sifatli olib keltirilishini ta`minlash;
-Ishchi-xodimlar, rahbar va mutaxassislarning bilim va ko`nikmalarini doimiy oshirib borish va ishchi isharoitlarini yaxshilash, moddiy qo’llab-quvvatlash, ma`suliyat va javobgarliklarni aniq belgilash;
-Tizimli boshqaruv va ishlab chiqarishni tashkil etish
-Ishlab chqarish jarayonini to`liq nazorat qilish va aniqlanadigan nomuvofiqliklarni oldini olish va monitoring qilib borish;
-Istemolchilarning murojaatlarini, talab va istaklarini o`rganish va doimiy monitoring qilish;
-Yetakchi ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning tajribasini o’rganish, zamonaviy tamoyillar asosida yangi konsepsiyalarni qo’shma korxona faoliyatiga tadbiq qilish.

MChJ "TELECOM INNOVATIONS” QKning asosiy maqsadlariga erishishi uchun korxona rahbariyati quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
-Iste’molchilarning talab va istaklaridan kelib chiqgan holda yetkazib berilgan mahsulotning ekspluatatsiyasi davrida yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash;
-Iste’molchilarning talablarini qondirgan holda iste’molchi ishonchini yanada qozonish;
-Doimiy sifatni yaxshilab borish natijasida ichki va tashqi bozordagi hamkorlarning ishonchini qozonish;
-Butlovchi qismlar yetkazib beruvchi tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli va faol hamkorlik qilish;
-Xalqaro standartlar talablaridan kelib chiqgan holda mahsulot ishlab chiqarish maqsadida ishchi-xodimlar malakasini hamda sifat sohasidagi bilimlarini tizimli oshirib borishni tashkil etish.

Xatoni uchratgan bo`lsangiz, xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmalarini bosing!

Veb-sayt ma`lumotlaridan foydalanilganda, TIFEZ.UZ manbaa sifatida ko`rsatilishi shart!
© MCHJ "TELECOM INNOVATIONS" QK ®

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni