O`zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Karmana tumani, "Navoiy" Erkin Iqtisodiy Zonasi

flag russian flag england
Ish vaqti: Du - Ju: 08:00 - 17:00
E-mail: info@tifez.uz
Telefon: (+99879) 220-00-07

O`zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Karmana tumani, "Navoiy" Erkin Iqtisodiy Zonasi

flag usa flag russian

Biznesni rivojlantirish


Biznesni rivojlantirish

"TELECOM INNOVATIONS” qo‘shma korxonasi, 2009 yil №1072 sonli Prezident qaroriga asosan 2010 yilda, "O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi, Singapurning "Servetechno PTE. Ltd” kompaniyasi hamda "Telmax Elektroniks” ishlab chiqarish korxonalari ta’sischiligida tashkil etilgan bo‘lib, o‘tgan yillar davomida qo‘shma korxona ta’sichilar takibiga Xitoy Xalq Respublikasining "ZTE CORPORATION" kompaniyasi ham qo‘shildi.

Boshlanishida faqatgina DVB-T standartidagi raqamli televideniya signallarini qabul qiluvchi qurilmalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan edi. Bosqichma-bosqich ishlab chiqarishlarni o‘zlashtirilishi natijasida bugungi kunda ADSL2+ modemlar va keng polosali tarmoqdan foydalanish uchun DSLAM qurilmalari, hamda IPTV Set-Top-Box, Home Gateway routerlari, ANDROID SMART TV BOX qurilmalari ishlab chiqarilmoqda.
2016 yildan, "Servetechno Pte. Ltd” kompaniyasi bilan hamkorlikda, qo‘shma korxonada ishlab chiqarilayotgan, DSLAM telekommunikatsiya qurilmasining butlovchi qismlari sifatida ishlatish mumkin bo‘ladigan, Patchkord va Pigteyl optik elementlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Qo‘shma korxonada mahalliylashtirish darajasini oshirish maqsadida, barcha turdagi qadoqlovchi butlovchi qismlar, telekommunikatsiya qurilmalarga stiker va logotiplar tushirish, lotin alifbosida mahalliy dasturlash hamda yo‘riqnomalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Qo‘shma korxonada mahsulotlar Xalqaro standartlar asosida, ishlab chiqariladi.
 

Biznesni rivojlantirish, investitsion loyihalarni amalga oshirish yuzasidan tinimsiz amaliy ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni ko‘paytirish va modernizatsiya qilish maqsadida, telekommunikatsiya texnologiyalarning yangi turlarini o‘zlashtirish masalasi, qo‘shma korxona oldida turgan eng muhim vazifalardan biri sanaladi.

Qo‘shma korxona mahalliy hamda xalqaro ko‘rgazma va tadbirlarning doimiy ishtirokchisi sanaladi. Ishlab chiqarilayotgan telekummunikatsiya qurilmalar bilan aholini kengroq tanishtirish, iste’molchilarning istak va talablarini kengroq o‘rganishda ushbu ko‘rgazmalarning ahamiyati katta.
Qo‘shma korxonaning o‘z oldiga qo‘ygan yana bir maqsadi o‘zaro korporativ aloqalarni kengaytirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.

Xatoni uchratgan bo`lsangiz, xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmalarini bosing!

Veb-sayt ma`lumotlaridan foydalanilganda, TIFEZ.UZ manbaa sifatida ko`rsatilishi shart!
© MCHJ "TELECOM INNOVATIONS" QK ®

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni