O`zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Karmana tumani, "Navoiy" Erkin Iqtisodiy Zonasi

flag russian flag england
Ish vaqti: Du - Ju: 08:00 - 17:00
E-mail: info@tifez.uz
Telefon: (+99879) 220-00-07

O`zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Karmana tumani, "Navoiy" Erkin Iqtisodiy Zonasi

flag usa flag russian

Kadrlar siyosati


Qo‘shma korxonada kadrlar siyosatini takomillashtirish va salohiyatini oshirish

MCHJ "TELECOM INNOVATIONS” QK kadrlar siyosatini shakllantirishda quyidagi jihatlar inobatga olingan:
-Kadrlar siyosatining umumiy tamoyillarini ishlab chiqish, maqsadlar ustuvorligini aniqlash;
-Tashkiliy-shtat siyosati-mehnat resurslariga bo‘lgan ehtiyojni rejalashtirish, shtat va tuzilmalarni shakllantirish, tayinlash, zaxirani yaratish;
-Informatsion siyosat - kadrlar informatsiyasi harakati tizimini yaratish va qo‘llab-quvvatlash;
-Moliyaviy siyosat-mablag‘larni taqsimlash tamoyillarini ifodalash, samarali mehnatni rag‘batlantirish tizimini ta’minlash;
-Personal rivojlanishi siyosati - rivojlanish dasturini ta’minlash, xodimlarning kasbga yo‘nalganligi va moslashuvi, individual ko‘tarilishni rejalashtirish, kadrlarni shakllantirish, kasbiy tayyorgarlik va malakani oshirish;
-Faoliyat natijalarini baholash-kadrlar siyosati va tashkilot strategiyasining mosligi tahlili, kadrlar ishidagi muammolarni aniqlash, kadrlar salohiyatini (baholash markazi va faoliyat samaradorligini baholashning boshqa usullari) baholash.

Qo‘shma korxona xodimlarining malaka ma’lumotnomasi "Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining klassifikatori” XALIKK-2015, hamda TT 0357.01:2015 "Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi rahbarlar, mutaxassislar va boshqa xizmatchilar lavozimlarining malaka ma’lumotnomasi tarmoq tasniflagichi asosida mehnat shartnomalarini, shtat jadvallarini tuzishda, xodimlarning mehnat daftarchalariga o‘zgartirishlarni kiritishda, mehnat munosabatlari bo‘yicha buyruqlarni rasmiylashtirishda, lavozimlar va kasblarni xodimlarning tegishli toifalariga kiritishda xizmatchilar lavozimlarining nomlarini standartlashtirish va birxillashtirish uchun qo‘shma korxonaning buyrug‘i imzolanib, qo‘shma korxona rahbarlar, mutaxassislari va boshqa xizmatchilarning lavozim majburiyatlari va ularga qo‘yiladigan malaka talablari mazkur tasniflagich talablariga muvofiq amalga oshirilib kelinmoqda, shuningdek, MChJ "TELECOM INNOVATIONS” QK xodimlarining mansab yo‘riqnomalari, boshqatdan ko‘rib chiqilib, yuqoridagi yangi tasniflagich asosida qayta tasdiqlandi.

Ishlab chiqarishning talab-ehtiyojlari kadrlar tayyorlash tizimining yo‘nalishi, darajasi va miqyoslarini shakllantiradi, kasb tayyorgarligining maqsadi, vazifalari va mazmunini belgilaydi, malaka talablarini ilgari suradi. Ishlab chiqarish pirovard natijada kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho beradi. Turli saviya va malakadagi mutaxassislarga bo‘lgan talab-ehtiyojni shaklllantiradi. Ishlab chiqarishning kadrlar tayyorlash tizimidagi mavqeini kuchaytirish quyidagi yo‘llar bilan ta’minlanadi.

Ishlab chiqarishning talab-ehtiyojlarini inobatga olib, texnika va texnologiyalarni rivojlantirishning yangi yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ishlab chiqarish amaliyotini o‘tish uchun ta’lim oluvchilarni ish joylari bilan ta’minlash, ishlab chiqarish va ta’lim tizimi integratsiyalashuvini rivojlantirish, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma korxonada yangi mahsulotlar turlarini ko‘paytirish maqsadida o‘quv kurslari, treninglarga ishtirok etish va malaka oshirish, hamda bu maqsadlarga bosqichma-boqich mablag‘lar ajratish ko‘zda tutilgan. Qo‘shma korxonada ishlovchi barcha mutaxassislarni "O‘zbektelekom” AK "Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazi” filiali bilan hamkorlikda boshqaruv xodimlarini yilida 1 marotaba, texnik xodimlarni 3 yilda bir marotaba o‘qitish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari Boshqaruv va texnik personallarni chet ellik hamkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjimonsiz muloqotlarini yaxshilash maqsadida qo‘shma korxonaning o‘zida vaqti-vaqti bilan til o‘rganish kurslari tashkil etilib kelinadi.

Shuningdek, yetuk kadrlar tayyorlash borasida ta’lim muassasalariga ko‘maklashish maqsadida, sohaga oid oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarini amaliyot va ilmiy ish olib borishlariga shart-sharoitlar yaratib berilgan.
 
Qo’shma korxonaning qobiliyatli xodimlarini rag’batlantirish, shu bilan birga kelgusida ularga ishonch bildirish nazardan chetda qolmaydi. Xodimlar maxsus kiyimlar bilan ta’minlangan, bepul kelib-ketishlari uchun qo‘shma korxona tomonidan avtomashinalar va avtobus ajratilgan hamda qulay, zamonaviy barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Shu maqsadda faqat oldinga qarab intilish, oldimizga qo’yilgan ezgu maqsadlar kabi olg’a qadam tashlash biz yoshlar uchun ham qarz ham farzdir!

Xatoni uchratgan bo`lsangiz, xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmalarini bosing!

Veb-sayt ma`lumotlaridan foydalanilganda, TIFEZ.UZ manbaa sifatida ko`rsatilishi shart!
© MCHJ "TELECOM INNOVATIONS" QK ®

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni