MCHJ "TELECOM INNOVATIONS” QKning iqtisodiy
rivojlantirish asoslari
MCHJ "TELECOM INNOVATIONS” QK
tashkil etilgan davr mobaynida har xil turdagi telekommunikatsiya qurilmalar ishlab
chiqarish bosqichma-bosqich o’zlashtirilib kelinmoqda. Ishlab chiqarishni doimiy diversifikatsiya
qilish, sifat nazorati siyosatini olib borish, mijozlarning talab va
istaklarini to’liq qondirishga qaratilgan ishlab chiqarishni tashkil etish har
bir korxonaning kelajagini belgilab beradi.
Albatta,
iqtisodiy rivojlanishning barqarorligini ta’minlashda korxonaning joylashuvi va
mintaqaning infratuzilmasiga ham bog’liq. Qo’shma korxonaning "Navoiy” EIZ hududida
joylashganligi ko’plab imtiyozlar yaratib bermoqda. Yuqori transport
strukturasining rivojlanganligi, Xitoy va Yevropa o‘rtasidagi savdo yo‘lining
markazida joylashganligi, yuqori xom-ashyo bazasi mavjudligi, qo‘shni davlatlar
uchun, "Navoiy” EIZ Respublikamizning o‘rta hududida joylashganligi, "Navoiy”
xalqaro aeraporti va "CARGO” Xalqaro yuk terminali mavjudligi, ma’muriy va
moliya markazlari faoliyat yuritishi, M-37 xalqaro avtomagistral yaqinida
joylashganligi, hamda Karmana Yuk temir yo‘l stansiyasi barpo etilganligi,
barcha imkoniyatlarni o‘zida mujassam etadi.
Korxonaning
rivojlanishi, iqtisodiy barqarorlikka erishishi qo’shma korxonaning o’z oldiga
qo’ygan muhim maqsadlaridan biri hisoblanadi.
"TELECOM INNOVATIONS” qo’shma korxonasini iqtisodiy rivojlantirish
tamoyillari:·
· Mijozlarning
talab va istaklaridan kelib chiqgan holda mahsulot ishlab chiqarish;
·
Chuqur marketing
siyosatini olib borish, puxta o’ylangan biznes rejalar tuzish va oldinga
qo’yilgan maqsadlarga erishish;
· Ishlab
chiqarishni doimiy yangilab va takomillashtirib borish, zamonaviy
telekommunikatsion qurilmalar ishlab chiqarishni o’zlashtirib borish;
·
Ishlatishda
qulay va kam energiya sarflaydigan texnologiyalardan foydalanish;
·
Mahsulotning
o’ziga xosligi va afzalliklarini saqlagan holda, arzon, sifatli va energiya
tejovchi mahsulot ishlab chiqarish;
·
Buxgalteriya
hisobi va boshqa hujjatlarning doimiy nazoratini olib borish, tizimli va qulay boshqaruv
asosida ishni boshqarish;
·
O’zaro aloqalar
geografiyasini doimiy kengaytirib borish, xaridorlar va mijozlar sonini doimiy
ortib borishini ta’minlash, teng manfaatli hamkorlik qilish;
·
Kafolatli va
ishonchli servis xizmatini yo’lga qo’yish, mijozlarning har qanday
murojaatlarini inobatga olish;
·
Ishchi-xodimlarga
doimiy g’amxo’rlik qilish.
Bugungi kunda qo’shma korxonani iqtisodiy rivojlantirish, ishlab
chiqarishni kengaytirish, yangi hamkorlar topish maqsadida
tinimsiz amaliy ishlar olib borilmoqda. Xalqaro va mahalliy ko’rgazma va
tadbirlarda ishtirok etilmoqda. Qo’shma korxonada ishlab chiqarilgan
telekommunikatsiya qurilmalarni ishlatayotgan mijozlar tomonidan bildiriladigan
fikrlar monitoring qilib boriladi.
Yaratib
berilgan imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, qo’shma korxonaning barcha
xodimlari sidqidildan mehnat qilib, shu aziz vatanimizning rivojlanishiga o’z
hissalarini qo’shishga harakat qilishmoqda.