O`zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Karmana tumani, "Navoiy" Erkin Iqtisodiy Zonasi

flag russian flag england
Ish vaqti: Du - Ju: 08:00 - 17:00
E-mail: info@tifez.uz
Telefon: (+99879) 220-00-07

O`zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Karmana tumani, "Navoiy" Erkin Iqtisodiy Zonasi

flag usa flag russian

O'zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi


O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O'zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli «O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to'g'risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan. O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi O'zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir. O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga zo'r ehtirom bilan qarash O'zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir.
Mutal Burhonov musiqasi 
Abdulla Oripov so'zi

 

MADHIYA MATNI 

Serquyosh, hur o‘lkam, elga baxt, najot,

Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon!

Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,

Shuhrating porlasin toki bor jahon!


 

Oltin bu vodiylar — jon O‘zbekiston,

Ajdodlar mardona ruhi senga yor!

Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,

Olamni mahliyo aylagan diyor!


 

Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni,

Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!

Istiqlol mash'ali, tinchlik posboni,

Haqsevar, ona yurt, mangu bo‘l obod!


 

Oltin bu vodiylar — jon O‘zbekiston,

Ajdodlar mardona ruhi senga yor!

Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,

Olamni mahliyo aylagan diyor!

 


Xatoni uchratgan bo`lsangiz, xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmalarini bosing!

Veb-sayt ma`lumotlaridan foydalanilganda, TIFEZ.UZ manbaa sifatida ko`rsatilishi shart!
© MCHJ "TELECOM INNOVATIONS" QK ®

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni