O`zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Karmana tumani, "Navoiy" Erkin Iqtisodiy Zonasi

flag russian flag england
Ish vaqti: Du - Ju: 08:00 - 17:00
E-mail: info@tifez.uz
Telefon: (+99879) 220-00-07

O`zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Karmana tumani, "Navoiy" Erkin Iqtisodiy Zonasi

flag usa flag russian

“Convergence India – 2015” xalqaro ko’rgazmasi va konferensiyasi


Hindiston bozori AKT sohasida dunyoda kattaligi jihatdan 2-o’rinni egallaydi. Har yili Dehli shahrida «Convergence India» xalqaro ko’rgazmasi va konferensiyasi o’tkaziladi. Ushbu yirik loyiahada butun dunyodan AKT sohasining yetuk mutaxassislari ishtirok etishadi.

"TELECOM INNOVATIONS” qo’shma korxonasi ham "Convergence India – 2015” xalqaro ko’rgazmasi va konferensiyasida ishtirok etdi.

23-bor tashkil etilgan ko’rgazmaga juda ko’plab tashrif buyuruvchilar ishtirok etishdi. Ko’rgazmada Avstraliya, Kanada, Xitoy, Yaponiya, BAA, Buyuk Britaniya, AQSH kabi davlatlarning 400 dan ortiq kompaniya vakillari va rahbarlari ishtirok etishdi.

Ko’rgazma davomida "TELECOM INNOVATIONS” qo’shma korxonasi vakillari yirik kompaniyalarning mahsulotlari bilan yaqindan tanishishdi, konferensiyalarda ishtirok etishdi.

Sony, HP, SHARP, Broadcom, ABOX42, Ambrane, Ericsson kabi yirik kompaniyalar va boshqa ishtirokchilar yangi qurilmalar, keng polosali tizimlar, telekommunikatsiya, kabel va raqamli televideniya, bulutli hisoblash, VAS, LTE tizimlari kabi so’ngi tendensiyalarni namoyish etishdi.
"Convergence India – 2015” xalqaro ko’rgazmasi va konferensiyasi ishtirokchilar uchun so’nggi texnologiya yutuqlarini sinab ko’rish, yangi bilimlar bilan o’rtoqlashish, dunyoga mashhur kompaniya vakillari bilan muloqot qilish imkoniyatini yaratib berdi.

Xatoni uchratgan bo`lsangiz, xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmalarini bosing!

Veb-sayt ma`lumotlaridan foydalanilganda, TIFEZ.UZ manbaa sifatida ko`rsatilishi shart!
© MCHJ "TELECOM INNOVATIONS" QK ®

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni