MCHJ "TELECOM INNOVATIONS” QK olgan taklifga binoan "CSTB Telecom&Media-2011” xalqaro ko’rgazma va forumida ishtirok etdi.
"CSTB Telecom&Media-2011” xalqaro ko’rgazma va forumi 2011 yilning 8-10 fevral kunlari Moskva shahridagi Xalqaro ko’rgazmalar markazida bo’lib o’tdi.
Ko’rgazmada 100 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etishdi.
Ko’rgazmada dasturiy vositalar, telekommunikatsi qurilmalar, integratsiya tizimlari, statsionar va mobil qurilmalar, kompyuterlar ishlab chiqaruvchilar, internet provayderlari va boshqa AKT sohasida faoliyat yuritayotgan kompaniyalar o’z mahsulotlari bilan ishtirok etdilar.
Ko’rgazma davomida ilmiy-texnikaviy konferensiyalar, AKT sohasi bo’yicha munozaralar, prezentatsiyalar o’tkazildi hamda AKT sohasidagi eng so’ngi yangiliklar namoyish etildi.
Xatoni uchratgan bo`lsangiz, xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmalarini bosing!