"O'zbektelekom” AK "TELECOM INNOVATIONS” qo'shma korxonasi IX "Baykonur
Invest” (Qozog'iston Respublikasi) investitsion forumida faol ishtirok etdi.
15-16 noyabr kunlari Qozoqiston Respublikasida
"Qizilo'rda” IX investitsion forumi bo'lib o'tdi, unda Qozog'iston, Rossiya,
Xitoy, O'zbekiston, Eron, Turkiya, Janubiy Koreya, Polsha va boshqa
mamlakatlarning biznes va moliya institutlari vakillari ishtirok etdilar.
Forumning mavzusi – "Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish” deb nomlandi.
"O`zbekiston – Qozoqiston hamkorligi” loyihasi doirasida
bir qator brifinglar, ko`rkazmalar, muzokaralar va prezentasion uchrashuvlar
bo`lib o`tdi.
Navoiy viloyatida ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlarning ko`rkazmasi davrida "TELECOM
INNOVATIONS” qo`shma korxonasida ishlab chiqarilayotgan telekommunikatsion
qurilmalar namoyish etildi.
O`tkazilgan brifinglar uchrashuvlar davomida "Yangi
turdagi telekommunikatsion qurilmalar ishlab chaqarishni o`zlashtirish va
mahsulotlarni eksplutatsiya” qilish mavzusida va qo`shma korxonaning ish
faoliyati haqida prezentatsiya qilindi.
Xatoni uchratgan bo`lsangiz, xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmalarini bosing!