ADSL2+ modem
Model:TIDSL-1401
TI-DSL-1401 modem boshqa modemlardan o'zining ixchamligi, ko'rinishi (dizyni) bilan ajralib turadi. Qurilma diapazonlardagi barcha modulyatsiyalarni qabul qila oladi. Kichik tarmoqqa mo'ljallangan bo'lib, ko'prik rejimining barcha vazifalarini bajaradi.
Xususiyatlari:
• Oddiy telefon tarmog'i orqali yuqori tezlikdagi Internet aloqasini ta'minlaydi;
• Ko'p kanalli rejim (o'z-o'zini sozlovchi tarmoq);
• Kam energiya sarflaydi hamda qulay va oson sozlanadi;
• Ko'prik va marshrutizator vazifalarini bajaradi;
• PPPoE ;
• Network Address Translation (NAT);
• DHCP server;
• UPnP funksiyasi;
• Tezkor sozlash;
• Lokal kompyuterda sozlamalarni saqlash yoki rezerv xotiraga olish;
• 64 PVCs.
ADSL2+ modemni ulash ketma – ketligi
1. Barcha qurilmalarni bir – biriga ulashdan oldin
elektr qurilmani o‘chiring;
2. Tarmoq kabelini ulash;
RJ-45 Ethernet kabelini TIDSL-1404 Ethernet
interfeysiga ulang, ikkinchi uchini kompyuterdagi Ethernet interfeysiga ulang.
3. Splitterni ulang
Splitterda uchta interfeys mavjud.
- LINE: Kabelga ulash uchun (RJ11 interfeysi)
- MODEM (yoki ADSL): DSL interfeysiga TIDSL-1404 qurilmani
ulash uchun
- PHONE (yoki TEL): Telefonni ulash uchun.
Ulash ketma – ketligi quyidagicha: DSL TIDSL-1404 interfeysni
RJ-11 telefon kabeli orqali modem splitter interfeysi bilan ulang, telefon
liniyasi bilan PHONE splitter interfeysini ulang, so‘ngra port kabelini LINE
splitter interfeysi bilan ulang.
4. Elektr qurilmani o‘rnatish.
Elektr qurilmani bir uchini PWR TIDSL-1404 interfeysiga
ulang, keyingi uchini esa devordagi elektr o‘tkazgichga ulang, so‘ngra TIDSL-1404
qurilmani yoqing.
Barcha ulash kabellarini tekshirish.
Barcha ulash kabellarini quyidagi tartibda tekshiring.
1. ADSL ulash kabelini tekshiring.
Agar DSL indikatori TIDSL-1404 ulanganligini
ko‘rsatsa, demak ADSL liniyasi to‘g‘ri o‘rnatilgan. (Odatda ADSL ulanish bir –
ikki daqiqa amalga oshadi);
2. Kompyuter bilan ulanganligini tekshiring.
Agar ikkala indikator kompyuter adapteridagi va Ethernet
TIDSL-1404 indikatorida yashil chiroq yongan bo‘lsa, demak, kompyuter va TIDSL-1404
qurilmalari to‘g‘ri o‘rnatilgan;
3. Telefon kabelini ulanganligini tekshiring.
Agar telefon qo‘ng‘irog‘i odatdagidek bo‘lsa, telefon
kabeli to‘g‘ri ulangan va TIDSL-1404 telefon aloqaga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Xatoni uchratgan bo`lsangiz, xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmalarini bosing!