ADSL2+ modem
Model:TIDSL-1404
TIDSL-1404 - ADSL2+ rejimini qo'llay oladigan tarmoq qurilmasi bo'lib, ko'p kanalli axborot uzatishni ta'minlab beradi. Qurilmada 4 dona 10/100Base-T Ethernet interfeysi mavjud. Mahalliy tarmoqlarda yuqori tezlikdagi ADSL2+ Internet yoki tarmoq aloqasini ta'minlaydi.
Xususiyatlari
• Odatiy telefon tarmog'i orqali yuqori tezlikdagi ADSL2+ Internet aloqasini ta'minlaydi;
• Ko'p satrli rejimni ta'minlaydi (o'z-o'zini o'rnatadigan tarmoq);
• 4х10/100Base-T Ethernet interfeysi mavjud;
• Ko'prik va Marshrutizator rejimlarini qo'llay oladi, PPPoE fuknsiyasi o'rnatilgan;
• Tarmoq manzillarini qayta o'rnatish (NAT);
• DHCP-server;
• UPnP funksiyasi;
• Tezkor o'rnatmalar funksiyasi;
• O'rnatmalarni zahiraga olish va tezkor holda qayta o'rnatish;
• ANSI T1.413 ISSUE 2, ITU G.992.1(G.DMT), ITU G.992.3(ADSL2), ITU G.992.5(ADSL2+);
• Web-texnologiya bazasida konfiguratsiya;
• 8 tagacha PVC;
• IPv6;
• Elektr tokini tejaydi va elektr kuchlanishlarining o'zgarishiga chidamli;
ADSL2+ modemni ulash ketma – ketligi
1. Barcha qurilmalarni bir – biriga ulashdan oldin
elektr qurilmani o‘chiring;
2. Tarmoq kabelini ulash;
RJ-45 Ethernet kabelini TIDSL-1404 Ethernet
interfeysiga ulang, ikkinchi uchini kompyuterdagi Ethernet interfeysiga ulang;
3. Splitterni ulang;
Splitterda uchta interfeys mavjud:
- LINE: Kabelga ulash uchun (RJ11 interfeysi);
- MODEM (yoki ADSL): DSL interfeysiga TIDSL-1404 qurilmani
ulash uchun;
- PHONE (yoki TEL): Telefonni ulash uchun.
Ulash ketma – ketligi quyidagicha: DSL TIDSL-1404 interfeysini
RJ-11 telefon kabeli orqali modem splitter interfeysi bilan ulang, telefon
liniyasi bilan PHONE splitter interfeysini ulang, so‘ngra port kabelini LINE
splitter interfeysi bilan ulang.
4. Elektr qurilmani o‘rnatish.
Elektr qurilmani bir uchini PWR TIDSL-1404 interfeysiga
ulang, keyingi uchini esa devordagi elektr o‘tkazgichga ulang, so‘ngra TIDSL-1404 qurilmani yoqing.
Barcha ulash kabellarini tekshirish.
Barcha ulash kabellarini quyidagi tartibda tekshiring:
1. ADSL ulash kabelini tekshiring;
Agar DSL indikatori TIDSL-1404 ulanganligini
ko‘rsatsa, demak ADSL liniyasi to‘g‘ri o‘rnatilgan. (Odatda ADSL ulanish bir –
ikki daqiqa amalga oshadi).
2. Kompyuter bilan ulanganligini tekshiring.
Agar ikkala indikator kompyuter adapteridagi va Ethernet
TIDSL-1404 indikatorida yashil chiroq yongan bo‘lsa, demak, kompyuter va TIDSL-1404
qurilmalari to‘g‘ri o‘rnatilgan.
3. Telefon kabelini ulanganligini tekshiring.
Agar telefon qo‘ng‘irog‘i odatdagidek bo‘lsa, telefon
kabeli to‘g‘ri ulangan va TIDSL-1404 telefon aloqaga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Xatoni uchratgan bo`lsangiz, xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmalarini bosing!