O`zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Karmana tumani, "Navoiy" Erkin Iqtisodiy Zonasi

flag russian flag england
Ish vaqti: Du - Ju: 08:00 - 17:00
E-mail: info@tifez.uz
Telefon: (+99879) 220-00-07

O`zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Karmana tumani, "Navoiy" Erkin Iqtisodiy Zonasi

flag usa flag russian

DSLAM qurilmasi


DSLAM qurilmasi
Model:TIDSL-9836
DSLAM – yuqori sifatli bir yoki bir nechta kanalli axborot uzatishni ta'minlaydigan qurilma. Texnik ko'rsatkichlarining yuqoriligi sababli keng polosali tarmoqlarda keng qo'llaniladi.
TIDSLAM-9836 192 ADSL / ADSL2+, 144 VDSL2, 144 SHDSL, 96 Ethernet port yoki 384 POTS portlarini qo'llay oladi. Bundan tashqari хPON chiqish portini ham ta'minlaydi.

Texnik ko'rsatkichlari:

•  GE / FE yoki GPON / EPON portlar;
• ADSL / ADSL2 +, VDSL2, SHDSL ;
• POTS portlar (H.248, MGCP, SIP va protokollar) va POTS abonent plata;
•  IGMP v3 protokoli;
• Layer-2 protokollari,  802.1Q, 802.1ad, 802.1, STP, VBAS, DHCP;
• 82, и PPPoE + funksiyasi;
• 802.1x, 802.1ag va 802.3ah;
•  QoS funksiyasi;
• Qora/oq ro'yxat, DHCP Snooping, va ACL;
• Kirish, yozuvlar tarixi va FLE ogohlantirish;
• Turli xil xavfsizlik funksiyalari.
 
 
TIDSLAM-9836 quyidagi rejimlarni qo`llay olish imkoniyatiga ega:
• HyperTerminal (aloqa dasturi);
• Telnet (tarmoq protokoli);
• NetNumen (Tarmoqlarni boshqarish tizimi);
Ushbu qo'llanma HyperTerminal yoki Telnet orqali tizimga kirish rejimini, shuningdek CLI rejimida TIDSLAM-9836 da barcha konfiguratsiyalarni va boshqaruvni ta’minlaydi.
 
HyperTerminal (aloqa dasturi)
Talablar
Ushbu operatsiyani boshlashdan oldin quyidagilarga ishonch hosil qiling:
• Qurilma elektr tarmog`iga ulanganligiga va kabellar to'g'ri ulanganligiga;
• TIDSLAM-9836 yoqilganligiga;
• Xizmat kompyuterida ketma-ket port TIDSLAM-9836 ustidagi asosiy boshqaruv paneli oldidagi konsol portiga ulanganligiga.
 
Telnet (aloqa tarmoq protokoli)
Qisqacha tavsif
Telnet orqali qurilmaga kirish uchun ushbu amaliyotdan foydalanishingiz  mumkin.
Talablar
Ushbu operatsiyani boshlashdan oldin quyidagilarga ishonch hosil qiling:
• In-band yoki band bo'lmagan NM IP-manzili konfiguratsiya qilinganligiga.
• In-band yoki tarmoqdan tashqari NM IP-manzilini ping-so'rov yordamida tekshirishingiz mumkin.

NetNumen (Tarmoqlarni boshqarish tizimi)
• TDSLAM-9836-ni NetNumen orqali kiritishdan oldin SQL Server ma'lumotlar bazasini, serverni va NetNumen dasturini o'rnatishingiz kerak.
• SQL Server ma'lumotlar bazasini, NetNumen serverini va NetNumen dasturini ketma-ket ravishda birma-bir ishga tushiring. NetNumen U31 R20 yagona boshqaruv tizimi (EMS Client) oynasida SH (tarmoq elementi) yarating.
 
 TDSLAM-9836  qusilmasining  elektr ta'minoti  quyidagicha:
 
 DC: -48 V (-57 V dan -40 V)
 AC: 1 10/220 V (90 V – 286 V)
 
Qurilmaning o`lchamlari  -     132.9mm × 482.6mm ×240 mm (Uzunligi*Kengligi*Balandligi)
Ishlash harorati  -              -30С dan  60С  gacha.
Namlik darajasi -                5% - 95%

Xatoni uchratgan bo`lsangiz, xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmalarini bosing!

Veb-sayt ma`lumotlaridan foydalanilganda, TIFEZ.UZ manbaa sifatida ko`rsatilishi shart!
© MCHJ "TELECOM INNOVATIONS" QK ®

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni