IPTV Set-Top-Box
Model:TI-IPS-B700V5
IPTV Set-Top-Box televizion qurilmalari internetga bog'lanish orqali raqamli signallarni qabul qiladi (IP protokol). Bu qurilma interaktiv televideniyaning kanallarini olib berishga mo'ljallangan. TI-IPS-B700V5 mukammal apparat ta'minot va H.264 HD video protsessor ega.
Asosiy texnik ko’rsatkichlari:
• Standartlar: QOS:ZX 186-2005;
• Protokollar: TCP/IP, HTML 4.0, HTTP 1.1/javascript 1.5;
• Video: PAL, NTSC;
• Signal qabul qilish diapazoni: 200K — 10M;
• Ekran kengligi: 720x576/PAL, 720x480/NTSC, 1280x720/720p, 1920x1080/1080i, 1920x1080/1080p;
• Tarmoq: ADSL, LAN va WLAN PPPoE, DHCP;
• Simsiz klaviatura bilan bog'lanish.
Xizmatlar:
• Live TV/ VOD / NVOD /TVOD /TSTV;
• USB yordamida media fayllar ko'rish imkoniyati;
• TVMS Subtitrlar Veb-sahifa, O'yinlar, Onlayn foto jamlanma.
Standart
asosidagi interfeyslarni ulash
Ketma-ketlik.
1.Dastavval telefon liniyasini xDSL qurilmasiga RJ-11 kabel orqali ulang.
2.So`ngra xDSL qurilmasini STB qurilmasiga RJ-45 kabel orqali ulang.
3.R (o'ng) va L (chap) interfeyslarini televizorning mos keladigan interfeysiga (STB) qurilmani AV kabellari (qizil va oq) bilan ulang.
4.CVBS interfeysini (kompozitsion rangli sinxronlash video signalini) AV kabeliga (sariq rangga) ega bo'lgan televizorning video chiqish interfeysi bilan ulang.
Yuqori aniqlikdagi aloqa interfeysi
TI-IPS-B700V5
ikkita yuqori aniqlikdagi chiqish interfeyslariga ega. Video / audio
qurilmalarga (televizor, stereo) ulanish uchun quyidagi usullardan birini
tanlang.
1.(STB)
qurilmasining R (o'ng) va L (chap) interfeyslarini televizorning mos keladigan portlariga AV kabellar (qizil va oq) bilan ulang.(STB)
qurilmasining YPbPr video chiqishi komponentlarini televizorning mos keladigan
interfeyslariga YPbPr komponentli kabeli bilan ulang.
2.Televizordagi
HDMI interfeysini audio va video uzatish uchun (STB) qurilmasining mos
keladigan interfeysiga HDMI kabeli bilan ulang.
HDMI chiqish
interfeysi bir vaqtning o'zida siqilmagan yuqori aniqlikdagi video va ko'p
kanalli audio ma'lumotlarini uzatadi. Bitta HDMI ma'lumot uzatish kabeli video va audioni ham bir vaqtning o`zida uzatadi.
Xatoni uchratgan bo`lsangiz, xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmalarini bosing!