O`zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Karmana tumani, "Navoiy" Erkin Iqtisodiy Zonasi

flag russian flag england
Ish vaqti: Du - Ju: 08:00 - 17:00
E-mail: info@tifez.uz
Telefon: (+99879) 220-00-07

O`zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Karmana tumani, "Navoiy" Erkin Iqtisodiy Zonasi

flag usa flag russian

ADSL2+ modem


ADSL2+ modem
Model:TIDSL-1704W
TIDSL-1704W - ADSL2+ standarti orqali ko'p kannalli yuqori tezlikdagi aloqani ta'minlaydi. 4 dona 10/100Base-T Ethernet interfeysidan tashqari IEEE802.11b/g/n standartidagi yuqori tezlikdagi simsiz aloqani ta'minlab beradi. ADSL2+ orqali korporativ tarmoqlar uchun lokal tarmoq hamda simsiz Internet aloqasini ta'minlaydi. TIDSL-1704W, ADSL2+ modemi bo'lib, marshrutizator funksiyasiga ham ega. 
 
Xususiyatlari 

• Ko'p kanalli rejim (o'z o'zini sozlovchi tarmoq);

• 4 dona 10/100Base-T Ethernet interfeysi;

• Kam energiya sarflaydi hamda qulay va oson sozlanadi;

• ANSI T1.413 ISSUE 2, ITU G.992.1(G.DMT), ITU G.992.3(ADSL2), ITU G.992.5(ADSL2+);

• ADSL, Ethernet va WLAN orqali ma'lumot almashish ;

• 802.11b, 802.11g, 802.11n(1*1) rejimlari;

•  Web-texnologiya bazasida sozlash;

• 8 donagacha PVC;

• NAT/DHCP Kliyent/DHCP Server/IPv6;

• Lokal kompyuterda sozlamalarni saqlash yoki rezerv xotiraga olish. 
 
TIDSL-1704W ADSL2+ modemni ulash ketma – ketligi
1. Barcha qurilmalarni bir – biriga ulashdan oldin elektr qurilmani o‘chiring.
2. Tarmoq kabelini ulash;
RJ-45 Ethernet kabelini TIDSL-1704W Ethernet interfeysiga ulang, ikkinchi uchini kompyuterdagi Ethernet interfeysiga ulang.
3. Splitterni ulang
Splitterda uchta interfeys mavjud.
- LINE: Kabelga ulash uchun (RJ11 interfeysi)
- MODEM (yoki ADSL): DSL interfeysiga TIDSL-1704W qurilmani ulash uchun
- PHONE (yoki TEL): Telefonni ulash uchun.
Ulash ketma – ketligi quyidagicha: DSL TIDSL-1704W interfeysni RJ-11 telefon kabeli orqali modem splitter interfeysi bilan ulang, telefon liniyasi bilan PHONE splitter interfeysini ulang, so‘ngra port kabelini LINE splitter interfeysi bilan ulang. 
4. Elektr qurilmani o‘rnatish.
Elektr qurilmani bir uchini PWR TIDSL-1704W interfeysiga ulang, keyingi uchini esa devordagi elektr o‘tkazgichga ulang, so‘ngra TIDSL-1704W qurilmani yoqing.
 
Barcha ulash kabellarini tekshirish.
Barcha ulash kabellarini quyidagi tartibda tekshiring.
1. ADSL ulash kabelini tekshiring.
Agar DSL indikatori TIDSL-1704W ulanganligini ko‘rsatsa, demak ADSL liniyasi to‘g‘ri o‘rnatilgan. (Odatda ADSL ulanish bir – ikki daqiqa amalga oshadi).
2. Kompyuter bilan ulanganligini tekshiring.
Agar ikkala indikator kompyuter adapteridagi va Ethernet TIDSL-1704W indikatorida yashil chiroq yongan bo‘lsa, demaki kompyuter va TIDSL-1704W qurilmalari to‘g‘ri o‘rnatilgan.
3. Telefon kabelini ulanganligini tekshiring.
Agar telefon qo‘ng‘irog‘i odatdagidek bo‘lsa, telefon kabeli to‘g‘ri ulangan va TIDSL-1704W telefon aloqaga ta’sir ko‘rsatmaydi.
 

Xatoni uchratgan bo`lsangiz, xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmalarini bosing!

Muhim so`zlar: ADSL, modem, TIDSL, 1704W
Veb-sayt ma`lumotlaridan foydalanilganda, TIFEZ.UZ manbaa sifatida ko`rsatilishi shart!
© MCHJ "TELECOM INNOVATIONS" QK ®

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni