O`zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Karmana tumani, "Navoiy" Erkin Iqtisodiy Zonasi

flag russian flag england
Ish vaqti: Du - Ju: 08:00 - 17:00
E-mail: info@tifez.uz
Telefon: (+99879) 220-00-07

O`zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Karmana tumani, "Navoiy" Erkin Iqtisodiy Zonasi

flag usa flag russian

Karmana tumanidagi servis markazi


2016 yilning yilning 1-dekabr kuni MCHJ "TELECOM INNOVATIONS” QKning rasmiy servis xizmat ko’rsatish va sotuv markazi ishga tushirildi. Markaz "O'zbektelekom" AK, Navoiy filiali, Karmana tumani, Q. Qarshiyev ko’chasi 4a uy, Karmana telekommunikatsiya tarmoqlari bog'lamasi binosida joylashgan.  

Servis xizmat ko’rsatish markazimizda "TELECOM INNOVATIONS” qo’shma korxonasida ishlab chiqarilgan barcha telekommunikatsion qurilmalarga kafolatli xizmat, ta’mirlash, texnik ko’rik, diagnostika va shunga o’xshash barcha turdagi xizmatlar ko’rsatiladi.

Servis xizmat ko’rsatish markazida bepul hamda pullik xizmatlar amalga oshiriladi, Siz "TELECOM INNOVATIONS” qo’shma korxonasida ishlab chiqarilgan barcha telekommunikatsion qurilmalarni va butlovchi qismlarni sotib olishingiz mumkin.

Markazning eng asosiy oldiga qo’yilgan maqsadi bu barcha turdagi xizmatlarni va ta’mirlash ishlarini optimallashtirishdan iborat. Ushbu markaz qo’shma korxonaning Respublikamizdagi ilk rasmiy servis xizmat ko’rsatish markazi hisoblanadi.  

Kafolatli xizmat

Servis xizmat ko’rsatish markazi "TELECOM INNOVATIONS” qo’shma korxonasida ishlab chiqarilgan barcha telekommunikatsion qurilmalarga kafolatli xizmat ko’rsatish huquqiga ega.

Kafolatli xizmat uchun talab etiladigan hujjatlar:

Kafolatli xizmatdan foydalanish uchun qurilmaning kafolat taloni hamda mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjati talab etiladi. Talon o’rnatilgan tartibda to’ldirilgan bo’lishi lozim. 

Kafolat taloni bo’lmagan taqdirda talon o'rnini bosuvchi hujjat taqdim etishingiz mumkin.

Kafolat muddati tugagach ko’rsatiladigan xizmatlar

Kafolat muddati tugagach qurilmalarda nosozliklar vujudga kelgan taqdirda ham servis xizmat ko’rsatish markazi pullik asosda xizmatlarni amalga oshiradi.

Buning uchun qurilmani texnik ko’rikdan o’tkazish uchun markazga olib kelishning o’zi kifoya. Texnik ko’rik natijalariga ko’ra markaz mutaxassislari xizmat narxini aniqlashtirishadi. Texnik ko’rikdan o’tkazish bepul asosda amalga oshiriladi.

To’liq ma’lumot uchun quyidagi telefon raqamlari yoki elektron manzilimizga murojaat etishingiz mumkin.

Qo'shma korxonamizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga bir yillik kafolat beriladi. 3 yil davomida texnik xizmat ko'rsatilishiga kafolat beriladi.

Texnik yordam yoki boshqa qiziqtirgan savollar bilan quyidagi manzilga murojaat etishingiz mumkin.

Biz sizga xizmat qilishdan xursandmiz!

Markaz telefon raqami: 0 (436) 539-44-66

Ishonch tеlefon raqami: 0 (436)220-00-05 

E-mail: info@tifez.uz

Xatoni uchratgan bo`lsangiz, xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmalarini bosing!

Veb-sayt ma`lumotlaridan foydalanilganda, TIFEZ.UZ manbaa sifatida ko`rsatilishi shart!
© MCHJ "TELECOM INNOVATIONS" QK ®

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni