O`zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Karmana tumani, "Navoiy" Erkin Iqtisodiy Zonasi

flag russian flag england
Ish vaqti: Du - Ju: 08:00 - 17:00
E-mail: info@tifez.uz
Telefon: (+99879) 220-00-07

O`zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Karmana tumani, "Navoiy" Erkin Iqtisodiy Zonasi

flag usa flag russian

Toshkent shahridagi servis markazi


MChJ "TELECOM INNOVATIONS” QK tomonidan ishlab chiqarilib sotilgan telekommunikatsion qurilmalarning kafolat muddatida va undan keyin ishlatish davrida nosoz holga kelganda, ularni ta'mirlash va servis xizmatlari ko`rsatish, hamda qurilmalarni jismoniy shaxslarga to`g`ridan-to`g`ri sotish maqsadida, MChJ "TELECOM INNOVATIONS” QK  yuz foiz ta'sischiligida, alohida "Telecom Innovations Services” MChJ tashkil  qilib, dastlab Toshkent va Navoiy shaharlarida servis xizmat ko`rsatish markazi va savdo shahobchasi ochildi.

Ushbu servis xizmat ko`rsatish markazi va savdo shahobchasiga yuridik va jismoniy shaxslar o`rnatilgan tartibda to`g`ridan-to`g`ri murojaat qilishlari mumkin. 

Shuningdek, qo'shma korxonada ishlab chiqarilayotgan telekommunikatsion qurilmalardan Set-Top-Box, Home Gateway, va ADSL modemlarning har-xil turlari, uning butlovchi qismlari  ya'ni, masofadan boshqarish pulti, elektr ta'minot qurilmasi, HDMI, RJ-45, RJ-11 kabellarini sotib olishlari, hamda ta'mirlatishlari uchun barcha imkoniyatlar mavjud.

Bundan tashqari servis xizmat ko`rsatish markazida barcha turdagi  elektron qurilmalar ta'mirlash uchun malakali mutaxassislar faoliyat yuritmoqda.

Servis xizmat ko`rsatish markazi va savdo shahobchasi manzili: 
"Ơzbektelekom” AK TShTT filialiga qarashli 234-ATS binosi, Toshkent shahri Yunusobod tumani Kichik xalqa yo`li ko`chasi 2-uy. 
Telefon raqami: 0 (371) 234-06-09
 
 


Xatoni uchratgan bo`lsangiz, xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmalarini bosing!

Veb-sayt ma`lumotlaridan foydalanilganda, TIFEZ.UZ manbaa sifatida ko`rsatilishi shart!
© MCHJ "TELECOM INNOVATIONS" QK ®

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni