2013 yilning 11-20 may kunlari "ZTE CORPORATIONS” hamda "TELECOM INNOVATIONS” qo’shma korxonasi o’rtasidagi investitsion dasturga asosan bir qator mutaxassislar "ZTE” Universitetida o’z malakalarini oshirib kelishdi.
O’quv dasturining asosiy mavzusi: "IPTV hamda DSL tizimlar, ularning xususiyatlari va xizmat ko’rsatish”.
Shuningdek o’quv kurslari davomida IPTV xizmatining afzalliklari, raqamli tizimlarda ma’lumotlar almashish kabi mavzularda seminarlar tashkil etildi. Ishlab chiqarish hamda dasturchi mutaxassislar o’z tajribalari bilan o’rtoqlashishdi.
Kurslar oxirida o’quv kursi qatnashchilariga sertifikatlar berildi.
Xatoni uchratgan bo`lsangiz, xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmalarini bosing!