11 mart kuni O’zbekiston Respublikasi axborot tehnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri SH.M. Sadikov, "Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi hududida joylashgan MCHJ "TELECOM INNOVATIONS” QKga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida qo’shma korxonada amalga oshirilayotgan ishlar, reja ko’rsatgichlarning bajarilishi, korxona daromadini oshirish, yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish masalalari tahlil qilindi, hamda qo’shma korxonada faoliyat yuritayotgan xodimlar bilan samimiy muloqotda bo’ldilar.
Qo’shma korxonada bosqichma-bosqich raqamli televidenie signallarini qabul qiluvchi qurilma (Set-Top-Box)lar, har-xil modelli ADSL2+ modemlar, Home Gateway qurilmasi, Patchkord va Pigteyllar, ANDROID SMART TV BOX, hamda DSLAM va SWITCH qurilmalari ishlab chiqarish o’zlashtirilgan. Shuningdek, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning yangi turlarini o’zlashtirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish masalasi qo’shma korxona oldida turgan eng muhim vazifalardan biri sanaladi.
Jumladan, joriy yilda optik tolali tarmoqlar uchun uch turdagi muftalar ishlab chiqarish loyihasi ham yo’lga qo’yilishi rejalashtirilgan.
Xatoni uchratgan bo`lsangiz, xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmalarini bosing!