O`zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Karmana tumani, "Navoiy" Erkin Iqtisodiy Zonasi

flag russian flag england
Ish vaqti: Du - Ju: 08:00 - 17:00
E-mail: info@tifez.uz
Telefon: (+99879) 220-00-07

O`zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Karmana tumani, "Navoiy" Erkin Iqtisodiy Zonasi

flag usa flag russian

MCHJ «TELECOM INNOVATIONS» QK yutuqlari


«TELECOM INNOVATIONS» QKsi telekommunikatsiya uskunalarini yetkazib beruvchi O'zbekistonda o'z o'rniga ega korxonalardan biri hisoblanadi. Qo'shma korxona "O'zbektelekom" AK milliy operatori va O'zbekistonning boshqa mahalliy operatorlari bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qiladi.

2011 yilda MCHJ «TELECOM INNOVATIONS» QKsida DVB-T standarti asosida raqamli televideniya signallarini qabul qiluvchi qurilma (Set-Top-Box)larni ishlab chiqarish o'zlashtirildi.

2012 yildan «ZTE Corporation" korporatsiyasi bilan birgalikda, ADSL modemlar va keng polosali foydalanish uskunalari DSLAM qurilmalarini ishlab chiqarishni yo’lga qo’yildi.

2013 yildan «ZTE Corporation" korporatsiyasi bilan birgalikda, IPTV (Set-Top-Box) qurilmalarini ishlab chiqarishni o'zlashtirildi.

2014 yildan «ZTE Corporation" korporatsiyasi bilan birgalikda, Home Gateway qurilmalarini ishlab chiqarishni o'zlashtirildi.
 
2015 yildan "Servetechno PTE. LTD.” bilan birgalikda, ANDROID SMART TV BOX qurilmalarini ishlab chiqarishni o'zlashtirildi.
 
2016 yildan "Servetechno PTE. LTD.” bilan birgalikda, optik tarmoqlar uchun optik elementlar Pigtail va Patchcord ishlab chiqarishni o'zlashtirildi.

Hozirgi kunda, «TELECOM INNOVATIONS» QK uchun eng dolzarb masala telekommunikatsion qurilmalarning yangi turlarini ishlab chiqarishni o'zlashtirish va modernizatsiya qilishdan iborat.

Qo'shma korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning mahalliylashtirish darajasini oshirish maqsadida izlanishlar olib borilmoqda. 

MCHJ «TELECOM INNOVATIONS» QKsining xodimlari  malakali menejerlar va texnologlardan  iborat. Korxonaning boshqaruv tamoyili quyidagicha: mahsulot sifati va mijozlar istaklarini qondirishi eng asosiy maqsad.

MCHJ «TELECOM INNOVATIONS» QK brendi  - birinchi navbatda milliy brend hisoblanadi. U yuqori sifati va zamonaviy dizayni bilan telekommunikatsiya uskunalari tushunchasini o'z ichiga oladi. 

Yuqori sifatli, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, iste'molchilar talablarini va xohish-istaklarini maksimal darajada qondirish hamda korxonaning raqobatbardoshligini oshirish, ishlab chiqarishda mahalliylashtirish darajasini oshirish maqsadida qo'shma korxonada O'z DSt ISO 9001:2009  SIFAT MENEJMENT TIZIMI joriy etilgan. Qo'shma korxonaning rahbariyati ushbu tizimning joriy etilishi hamda rivojlantirilishini har doim qo'llab-quvvatlab keladi.

2015 yilda «TELECOM INNOVATIONS» qo’shma korxonasi  sifat, yetakchilik va mukammallik yo’nalishida Xalqaro " International Quality Crown Award " (IQC) mukofoti bilan taqdirlandi.

Mukofot Biznes tashabbus yo'nalishlari (BID) boshchiligidagi Sifat ekspertlari (rahbarlar, tadbirkorlar va sifat sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar) tomonidan o'tkazilgan tadqiqotlar va tahlil natijalari asosida taqdim etiladi.

Har yili Parij, London, Madrid, Jeneva, Frankfurt va Nyu-Yorkda Konventsiya va Kongresslar tashkil etiladi. Sifat, yetakchilik va mukammallik yo’nalishida to'qqiz oy davomida rahbarlar, ekspertlar va butun dunyo bo'ylab 116 mamlakatdan kompaniya vakillari MChJ QK «TELECOM INNOVATIONS» uchun ovoz berdilar va MChJ «TELECOM INNOVATIONS» QK Oltin Toj (GOLDEN CROWN AWARD) IQC mukofoti bilan taqdirlandi.

Xatoni uchratgan bo`lsangiz, xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmalarini bosing!

Veb-sayt ma`lumotlaridan foydalanilganda, TIFEZ.UZ manbaa sifatida ko`rsatilishi shart!
© MCHJ "TELECOM INNOVATIONS" QK ®

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni